Maldivning sobiq prezidenti Abdulloh Yamin hibsga olindi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.
U hukumat tepasida bo`lgan vaqtida katta miqdordagi pul miqdorini noqonuniy tarzda o`zlashtirishda gumon qilinmoqda. Uni qamoqqa olish bosh prokuratura tomonidan talab qilingan. Avvalroq korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi marketing va jamoatchilik bilan aloqalar korparasiyasidan 92 million dollar miqdoridagi mablag` yashirin tarzda boshqa hisob raqamiga o`tkazilganini aniqlagan edi. Bu holat esa Abdulloh Yamin bilan bog`liqligi xabar qilinmoqda.






