AsosiyJamiyat

1000 dan ortiq fuqarolar bilan mehnat shartnomasi tuzildi

'1000 dan ortiq fuqarolar bilan mehnat shartnomasi tuzildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlar davomida, 2019 yil 1 yanvardan e`tiboran soliq qonunchiligiga kiritilgan o`zgartish va yangiliklar bilan bir qatorda tadbirkorlik sub`ektlariga 2019 yil 1 aprelga qadar xodimlar soni va mehnatga haq to`lash fondini ixtiyoriy ravishda rasmiylashtirsa, avvalgi hisobot davrlarida xodimlar sonini yashirganlik uchun soliqlarni qo`shimcha hisoblashdan ozod qilinishi bo`yicha ham keng tushunchalar berilmoqda.

Xufyona iqtisodiyotga barham berish, aholining real daromadlarini oshirish, ish o`rinlari va mehnatga haq to`lash jarayonlarining shaffofligini ta`minlash maqsadida soliq solish tartibiga bir qancha o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi:

  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining amaldagi 4 ta pog`onali stavkalari o`rniga yagona 12 foizlik stavka belgilandi;
  • Pensiya jamg`armasiga 8 foizli sug`urta badali bekor qilindi;
  • Yagona ijtimoiy to`lov stavkasi 25 va 15 foizdan 12 foizga tushirildi.

Natijada, ish haqi fondiga soliq yuki o`rtacha 1,8 marotabaga kamayib, xodimlarning ish haqini oshirish hamda yangi ish o`rinlarini yaratish imkoniyati yuzaga keldi.

-Joriy yilning o`tgan vaqti mobaynida 50 nafar norasmiy ishlayotgan ishchi-xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzdik, - deydi “Saodatbonu Aziza Termiz” xususiy korxonasi ish yurituvchisi Furqat Safarov. O`tgan yili 75 milliard so`mlik qurilish ishlarini bajargan bo`lsak, 2019 yilda ish hajmini ikki barobarga oshirishni rejalashtirganmiz.

Olib borilayotgan keng miqyosli tushuntirish ishlari natijasida Surxondaryo viloyatida 2019 yilning o`tgan vaqti davomida 453 ta korxonaning 1019 nafar norasmiy ishlayotgan ishchi-xodimlari faoliyati qonuniylashtirildi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi

    Boshqa yangiliklar