Venesuelada AQShdan yuborilgan insonparvarlik yordamini mamlakatga olib kirishga qaratilagan yangi ommaviy harakatlar seriyasi boshlandi, deya xabar qilmoqda News.day.az nashri.
O`nlab davlatlar tomonidan muvaqqat prezident sifatida tan olinayotgan muxolifat siyosatchi Xuan Guaydo nima bo`lishidan qat`iy nazar ko`ngillilarni Kolumbiyada qolgan gumanitar yordamni mamlakatga olib kirish uchun jalb qilishi haqida ma`lum qilgan. Ushbu mavzu bo`yicha Guaydo va Venesuelaning amaldagi rahbari Nikolas Maduro o`rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelmoqda.






