Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida futbol ishqibozlari ishtirokida janjalli holat sodir bo`ldi, deb xabar berdi Day.Az nashri.
Marakana stadionida mahalliy “Fluminense” va “Vasko da Gama” futbol klublari o`rtasida o`tgan o`yindan so`ng har ikkala tomon muxlislari orasida nizo yuzaga kelgan. Vaziyatni bartaraf etish uchun kelgan polisiya esa, aksincha, yirik to`qnashuvlarga sabab bo`ldi. Voqea tufayli 29 kishi jarohat olgan. Ma`lumotlarga qaraganda, uchrashuvdan avval ikkala jamoa ishqibozlari stadionning janubiy qismida qaysi klub muxlislari o`tirishi borasida bahslashib qolishgan edi.






