Hukumat qarori bilan Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil devoni rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to`g`risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan organlar va davlat tashkilotlari ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, ro`yxatda shu paytgacha 78 ta tashkilot mavjud edi.
So`nggi marta propiska Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi hamda «O`zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati propiska berish uchun iltimosnoma kiritishi mumkin bo`lgan davlat organlari safiga kiritilgandi.






