AsosiyJamiyat

6 oydan buyon xorijdagi shifoxonada komada yotgan chustlik fuqaro yaxshilar ko`magida uyiga qaytarildi

'6 oydan buyon xorijdagi shifoxonada komada yotgan chustlik fuqaro yaxshilar ko`magida uyiga qaytarildi'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Zariysk shahrida mehnat qilayotgan chustlik Boburjon Rasulovning boshiga kulfat tushdi. O`tgan yilning sentyabrida ish joyida falokatga uchragan yurtdoshimiz qariyb olti oydirki, o`sha joydagi markaziy shifoxonada koma holatida yotadi.

B. Rasulovning o`ta og`ir ahvoldaligidan xabar topgan “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi Namangan viloyat bo`limi uni O`zbekistonga olib kelish haqida tegishli idoralarga murojaat qildi, deb yozadi "Xalq so`zi".

Boburjon yaqinda Respublika Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab –quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi tomonidan uyiga olib kelindi.

Tug`ilib o`sgan go`shasiga qaytarilgan hamyurtimiz ayni paytda yaqinlari mehri va shifokorlar nazoratida.

    Boshqa yangiliklar