2019/2020 o`quv yilidan boshlab Milliy tadqiqot yadro universiteti magistraturasida o`qish uchun O`zbekiston Respublikasiga ajratiladigan kvotalar ikki baravar ortadi va 30 o`rinni tashkil etadi. Bu haqda «O`zatom» agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan hozirgi paytda bakalavriatning 4 bosqich talabalari yoki fizika, energetika va issiqlik texnikasi sohasida bakalavriatni tamomlangan mutaxassislar orasidan nomzodlarni tanlash amalga oshirilmoqda. Talabalar bilimlarni yaxshi o`zlashtirishi va rus tilini bilishi zarur.
Magistraturada “14.04.01 Yadro energetikasi va issiqlikfizikasi” va “14.04.02 Yadro fizikasi va texnologiyalari” yo`nalishlari bo`yicha o`qish maqsadida tanlovda ishtirok etish uchun Rossotrudnichestvoning rasmiy veb-saytida murakkab bo`lmagan ro`yxatdan o`tish taomilini bajarishi kerak (https://russia.study/registration). Ro`yxatdan o`tish paytida muqobil sifatida boshqa universitetlarni ham qo`shish, va izohda “Rosatom” liniyasi deb ko`rsatish kerak.
Arizalar 2019 yil 15 yanvargacha qabul qilingan, “O`zatom” agentligi va Rossotrudnichestvo tashabbusiga ko`ra arizalarni qabul qilish muddati 2019 yil 20 fevralgacha uzaytirildi. MMFI MTYaU bitiruvchilari O`zbekiston Respublikasi atom energetikasi sohasida kafolatli va malakali ish bilan ta`minlanadi.






