Velosport bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Murod Xolmurodov trek bo`yicha o`tkaziladigan jahon chempionatida Point Race yo`nalishida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`ldi. Jahon chempionati 27 fevral – 3 mart kunlari Polshada bo`lib o`tadi.
«Velosportda bunday kvotani qo`lga kiritish oson emas. Yo`llanmani kechroq olganimizga qaramay, biz yaqinlashib kelayotgan jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko`ramiz va musobaqada yuqori natijaga erishishga harakat qilamiz», – dedi O`zbekiston velosport federasiyasi sport direktori Rustam Nurtdinov.
MOQ xabariga ko`ra, ayni paytda sportchi Turkiyadagi o`quv-mashg`ulot yig`inlarida ishtirok etmoqda.






