Hukumat qarori bilan Baxtiyor Jumaniyozovich Abdullaev Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, yaqinda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etilgandi.
Filialning asosiy vazifasi yurisprudensiya sohasida bazaviy va amaliy kasbiy tayyorgarlikni ta`minlashga qaratilgan o`quv rejalari va dasturlari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash hisoblanadi.






