Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh o`z qo`shinlariniSuriyadan tezroq olib chiqib ketishi kerakligini ta`kidladi, deb xabar berdi TASS nashri.
Bu haqda Sochida bo`lib o`tgan Rossiya, Turkiya va Eron o`rtasidagi uch tomonlama sammitda so`z bordi. Qo`shma shtatlar prezidenti o`z saylov oldi va`dalarini amalga oshirish bo`yicha juda faolish olib bormoqda. Bu esa AQSh siyosatida kamdan-kam uchraydigan holatdir ", deydi Rossiya rahbari.Tomonlar shuningdek,terroristik guruhlar joylashgan Idbildagi vaziyatni barqarorlashtirish bo`yicha keyingi harakatlarni kelishib olishdi. Bu mazkur davlat rahbarlari ishtirokida uch tomonlama o`tkazilgan 4-sammit hisoblanadi.






