AsosiyDunyo

Belgiyada o`quvchilar iqlim o`zgarishiga qarshi ommaviy mitingda ishtirok etishmoqda

'Belgiyada o`quvchilar iqlim o`zgarishiga qarshi ommaviy mitingda ishtirok etishmoqda'ning rasmi

Belgiya poytaxati Bryusselda minglab o`quvchilar darslarda o`z vaqtida qatnashishmayapti, deb xabar TASS nashri.

Ular o`qishga borish o`rniga iqlim o`zgarishiga qarshi o`tkazilayotgan ommaviy mitingda ishtirok etishmoqda. Mamlakat poytaxtida 6 haftadan buyon davom etayotgan namoyishda, ishtirokchilar hukumat iqlim o`zgarishining oldini olish uchun zaruriy chora ko`rmayotganini ta`kidlashmoqda. Ular ushbu xatti-harakatlarini Evroparlament saylovlariga qadar to`xtatmasliklarini bildirishgan. “Bizga yillar davomida vayron bo`lgan sayyora meros bo`lib qolgan. Biz uni qutqarib qolish uchun kurashyapmiz. Hukumatga o`z maqsadimizni shu yo`l bilan etkazmoqdamiz”, dedi namoyish ishtirokchilaridan biri.

    Boshqa yangiliklar