Xorijiy oliy ta`lim muassasalari tajribalarini o`rganish, qo`shma ta`lim dasturlar asosida tashkil etilayotgan ta`lim yo`nalishlari istiqbolini muhokama etish maqsadida Qo`qon davlat pedagogika instituti delegasiyasi Rossiya Federasiyasida xizmat safari bilan bo`lib turibdi. Bu haqda oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida Rossiya kasb-hunar pedagogika universiteti rahbariyati bilan qo`shma ta`lim dasturlar asosida Qo`qon davlat pedagogika instsitutida tashkil etilayotgan Informatika o`qitish metodikasi ta`lim yo`nalishi bo`yicha muzokaralar olib borildi.
Qo`shma ta`lim dasturining o`quv reja va dasturlarini ishlab chiqish va o`quv jarayoniga tatbiq etish bo`yicha ikki tomondan ishtirok etadigan professor-o`qituvchilar tarkibi ham shakllantirildi.






