AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov Myunxenda Ashraf G`ani bilan uchrashdi

'Abdulaziz Komilov Myunxenda Ashraf G`ani bilan uchrashdi'ning rasmi

Xavfsizlik bo`yicha Myunxen konferensiyasida ishtirok etayotgan O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya 2019 yilning 14 fevral kuni Afg`oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G`ani bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko`ra, suhbat avvalida vazir Afg`oniston prezidenti va u orqali butun afg`on xalqiga O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning samimiy hurmati va tinchlik va farovonlik izhor etilgan eng ezgu tilaklarini etkazgan.

Uchrashuvda Afg`onistonda tinchlik siyosiy muloqotlarini boshlash doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. O`zbekiston tomoni mazkur muloqot afg`onlarning o`zlari tomonidan amalga oshirishi muhimligini ta`kidlaydi.

Prezident Muhammad Ashraf G`ani O`zbekiston prezidenti va birodar o`zbek xalqiga mamlakatidagi tinchlik jarayoniga ko`maklashish, uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasidagi izchil va qat`iy sa`y-harakatlar uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Suhbatda O`zbekiston – Afg`oniston kun tartibining boshqa masalalari ham ko`rib chiqildi. Avvalo, O`zbekiston bilan birgalikda transafg`on tranzit yo`laklarini tashkil etish va mintaqadagi o`zaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yo`naltirilgan yirik transport, energetika va boshqa loyihalarni amalga oshirish istiqbollari to`g`risida so`z bordi.

    Boshqa yangiliklar