AsosiyJamiyat

"Captiva"dagi sharlarning yorilishi natijasida 3 nafar yigit kuyish jarohatini oldi

'"Captiva"dagi sharlarning yorilishi natijasida 3 nafar yigit kuyish jarohatini oldi'ning rasmi

Bugun, 15 fevral kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 6-tug`uruqxona yaqinida "Captiva" rusumli avtomobil salonida tabiiy gaz bilan to`ldirilgan sharlarning yorilib ketishi natijasida 3 kishi kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, avtomashina salonida gaz bilan to`ldirilgan 20 ta shar bo`lgan. Uch nafar yigit salonda chekkan. Gazning olovlanishi oqibatida ular qo`l va yuz kuyishi jarohatini olgan.

IIBB fuqarolarni havo sharlarini xarid qilishda ular geliy bilan to`ldirilganligiga ishonch hosil qilishi va ularning yonida sigaret chekmaslikka chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar