Markaz Koreya Respublikasidagi Inxa universiteti va uning O`zbekistondagi filialiga kirmoqchi bo`lgan fuqarolarga maslahatlashuv xizmatlarini taqdim etadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda tashkil etilgan ushbu tashkilot turli ma`lumotlarni olishda axborotdan qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi, bu xorijlik talabalarga o`qish tizimiga ko`nikish va moslashishga yordam beradi.
Shu bilan birga markaz O`zbekistondagi Inxa universiteti talabalari bilan almashish, stipendiyalar xaqida ma`lumot berish, telefon orqali talabalar bilan aloqada bo`lib turish bo`yicha xizmatlarini taqdim etadi, talabnoma berish va fakultetni tanlashda hamda yo`naltirishda yordam beradi.






