AsosiyDunyo

Vladimir Putin dzyudo mashqlarida barmog`ini jarohatladi (foto)

'Vladimir Putin dzyudo mashqlarida barmog`ini jarohatladi (foto)'ning rasmi

Rossiya Prezidenti 2016 yilgi Olimpiada o`yinlarining 60 kilogrammgacha bo`lgan vaznda dzyudo bo`yicha chempioni Beslan Mudranov bilan bo`lgan olishuvda barmog`idan jarohat olldi. Shunga qaramay Putin bahsni davom ettirgani bayon qilinadi.

Ushbu hodisa 14 fevral kuni oqshomda prezidentning Rossiya, Turkiya va Eron Islom Respublikalarining uch tomonlama sammitida ishtirokidan so`ng Sochidagi “Yug-Sport” tatami markazida yuz berdi.

Tashrif oldindan rejalashtirilgan edi, bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma`lum qildi.

Mudranovdan tashqari Vladimir Putin boshqa olimpiya chempionlari bilan ham kurashgan.

Ushbu bellashuvlardan so`ng, prezident o`zining sportga bo`lgan munosabati haqida gapirdi:

“Tibbiy faktlarga ko`ra, insonning jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishi, tanadagi adrenalinning oshishiga, kayfiyatning ko`tarilishiga va hayotga teranroq qarashiga sabab bo`ladi. Buni pushtirang ko`zoynakni echganingizda atrof ko`zingizga boshqacha ko`rina boshlashiga qiyoslasa bo`ladi. Bu murakkab effekt.

Sportchilar qanchalik yuqori shohsupalarga ko`tarilsa, shunchalik chidamli bo`lib boraveradi. Ular hammasini kichik barmoqlari bilan his qiladi. Nafaqat sezadi, balki nima bo`layotganini tushunadi. Va qaerda kerak bo`lsa, himoya qiladi, yordam beradi – ular bilan o`zingni hamisha bexavotir sezasan”, - deydi prezident.

Ta`kidlash joizki, Vladimir Putin o`smirlik chog`laridan buyon sportning turli xil turlari bilan shug`ullanib keladi. U sambo, dzyudo, chang`ida uchish hamda xokkey bilan professional darajada tajribaga ega. Putin 1973 yilda sambo bo`yicha sport ustaligini ham yoqlagan.

    Boshqa yangiliklar