AsosiyJamiyat

Nukusda tarbiyasi og`ir yoshlar bilan "Armiyada bir kunim" aksiyasi o`tkazildi

'Nukusda tarbiyasi og`ir yoshlar bilan "Armiyada bir kunim" aksiyasi o`tkazildi'ning rasmi

Shimoli-g`arbiy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birida o`quvchi yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o`rtasida «Temur tuzuklari bilimdoni» viktorinasi o`tkazildi.

Unda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qo`mita raisi Sog`indiq Turmonov, ShG`HO qo`shinlari qo`mondoni o`rinbosari Iskandar Mallaev, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda 350 nafarga yaqin o`quvchi yoshlar ishtirok etdi.

«Ochiq eshiklar kuni» doirasida o`tkazilgan tadbirlar davomida Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk tarixiy shaxslar hayoti va ijodiga bag`ishlangan viktorina, timbilding deb nomlanuvchi noan`anaviy jamoaviy o`yinlar, harbiy qism Yoshlar ittifoqi etakchilari bilan o`quv treninglar, qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko`rgazmasi tashkil etildi.


Chirchiq shahridagi harbiy qismlardan birida esa O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti o`qituvchilari ishtirokida harbiy xizmatchilar hamda ularning farzandlari uchun ma`naviy-ma`rifiy tadbir bo`lib o`tdi. Bolajonlarga ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ulkan ma`naviy meroslar haqida ma`lumotlar berildi.


Bundan tashqari ShG`HO qo`mondonligi tashabbusi bilan O`zbekiston Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi «Qoraqalpog`iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida «Armiyada bir kunim» nomli aksiya o`tkazildi.

Profilaktika hisobida turuvchi va tarbiyasi og`ir bo`lgan 40 ga yaqin yoshlar harbiy qismdagi askarlar vzvodi saflariga qo`shilib, bir kun davomida belgilangan nazariy va amaliy mashg`ulotlarda ishtirok etdi.

Ertalabki badantarbiya, ertalabki ko`rik, nonushta, jangovar tayyorgarlik, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar, kitobxonlik tanlovlari harbiy qismga tashrif buyurgan yoshlarni befarq qoldirmadi.

    Boshqa yangiliklar