AsosiyJamiyat

O`zbekiston-Turkiya: energiya resurslar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo`lida

'O`zbekiston-Turkiya: energiya resurslar sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo`lida'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda 2019 yil 14 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonovning Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri o`rinbosari Mitxat Jansiz boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zatom” agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Uchrashuvda qator turk kompaniyalari bilan avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, energetika sohasida hamkorlik loyihalarini jadallashtirish bo`yicha takliflar hamda energiya ob`ektlar qurilishi, geologiya-qidiruv ishlari muhokama qilindi.

Bugungi kunda Turkiya kompaniyalari tomonidan O`zbekistonda amalga oshirilishi istiqbolli bo`lgan loyihalar, shu jumladan, bug`li-gazli qurilmalar, quyoshli va shamol elektr stansiyalari qurilishi kabi yo`nalishlardagi loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Ta`kidlash kerakki, ular tomonidan quyosh elektr stansiyasi va shamol parkini qurish bo`yicha sinov loyihasini amalga oshirish, O`zbekistonda aralash turdagi elektr stansiyalar qurilishi borasida loyihalarga qiziqish bildirilmoqda.

Bundan tashqari, foydali qazilmalar strategik turlarining aniqlangan konlarida, shu jumladan, Navoiy va Jizzax viloyatlaridagi volfram va oltin konlarida geologiya-qidiruv va qazish ishlarini olib borish masalasi ishlab chiqilmoqda.

2019 yil 13 fevral kuni tomonlar o`rtasida Saritov, Xurob va Aydim-Etimtov maydonlarida geologik o`rganish va tajriba-sanoat usulida qazish ishlarini olib borish, Navoiy va Jizzax viloyatlarida volfram va oltinni topish bo`yicha istiqbolli konlarni aniqlash bo`yicha bitim imzolandi. Turkiya tomoni o`z zimmasiga birinchi yili kamida 1,5 million dollar hajmida sarmoya kiritish bo`yicha moliyaviy majburiyatlarni oldi.

Turkiya tomoni o`zaro hamkorlik bo`yicha “Yo`l xaritasi” imzolanishini ijobiy baholadi hamda hamkorlikni kelgusida kengaytirishga qiziqish bildirildi. Xususan, Turkiyanig TRAO neft-gaz kompaniyasining O`zbekiston neft-gaz tarmog`i loyihalarida ishtirok etish imkoniyatini ko`rib chiqish taklif qilindi. Shu bilan qo`shma loyihalar va O`zbekistonga faol investisiyalar kiritishni amalga oshirish uchun barcha zarur choralar ko`rilishiga tayyorligini bildirildi.

    Boshqa yangiliklar