AsosiyJamiyat

Psixotrop dori vositalari joylangan jo`natmalar to`xtatib qolindi

'Psixotrop dori vositalari joylangan jo`natmalar to`xtatib qolindi 'ning rasmi

Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo`natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat`iyan taqiqlangan. O`zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to`g`risida”gi Qonunining 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo`natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo`natmalarida jo`natish taqiqlanishi ko`rsatib o`tilgan.

Lekin shunga qaramay so`nggi paytlarda tarkibida narkotik va psixotrop moddalari mavjud bo`lgan dori vositalarini pochta jo`natmalari orasida jo`natish holatlari ham uchrab turibdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qoidabuzarliklarni fosh qilishdi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Jumladan, fuqarolar Yu.I., A.A., B.A. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmalari bojxona nazoratidan o`tkazilganda “CN22” shaklidagi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan salkam 300 dona “Fenazepam”, “Lorazepam” hamda “Oksazepam” psixotroptabletkalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur post xodimlari tomonidan fuqarolar O.K., B.N.,O.F. nomiga kelgan pochta jo`natmalari orasidan esa 204 dona “Tramadol”, “Andipal”, “Rokaset plyus” kabi psixotrop tabletkalari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar