Vnukovo aeroportida shatakka olish payti ikkita samolyot to`nashib ketdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Rossiya" borti qanoti bilan turargohda turgan Boeing-767 layneriga urilgan.
Xabarda aytilishicha, birinchi laynerning o`ng qanoti, ikkinchisining esa dum stabilizatori zarar ko`rgan.
Bortda yo`lovchilar bo`lmagan, shuning uchun zarar jarohatlanganlar yo`q.
"Rossiya" aviakompaniyasining e`lon qilishicha, etkazilgan zarar qiymati bir necha yuz ming dollarga teng. Ularni sug`urta kompaniyasi qoplaydi.






