AsosiyJamiyat

“Chimgan Challenge” qishki sport oʻyinlari festivaliga start berildi

'“Chimgan Challenge” qishki sport oʻyinlari festivaliga start berildi'ning rasmi

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishki sport o`yinlarini rivojlantirish, tog`-chang`isi, xokkey, figurali uchish kabi sport turlarini ommalashtirishga katta e`tibor qaratilmoqda. Chunonchi, poytaxtimizda barpo etilayotgan “Humo” arenasi ham ayni shu maqsadlarda barpo etilmoqda.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo`yicha respublika oliy sport mahorat maktabi hamkorligida Bo`stonliq tumanining Chimyon tog`-chang`i zonasida ilk bor “Chimgan Challenge” qishki sport o`yinlari bo`yicha yoshlar festivaliga start berdi.

Tadbirning ochilishida so`zga chiqqanlar mamlakatimizda qishki sport o`yinlarini yanada rivojlantirish, musobaqaning ko`lamini kengaytirish, kelajakda musobaqani xalqaro turnir darajasiga olib chiqish, bu orqaliko`plab iste`dod egalarini kashf etish haqida fikr-mulohazalarini bildirib o`tdi.

Ta`kidlash kerakki, yoshlar orasida sportning qishki turlarini ommalashtirish, navqiron avlod vakillarida salbiy illatlarga qarshi sog`lom immunitetni shakllantirish maqsadida tashkil etilganmazkur festivalda 18 dan 30 yoshgacha bo`lgan havaskor sportchi yoshlar tog`-chang`isi, snowboarding hamdavoleybolsportturlari bo`yicha bellashdi.

Musobaqalarda Toshkent viloyatining har bir tuman hamda shaharlaridan 3 yosh toifasida 500 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar