Avstraliyaning Kvinslend shtatida suv toshqini davom etmoqda, deya ma`lum qilmoqda TASS nashri.
Ko`chalarda daryo bo`lib oqayotgan loyqa suv vayronagarchiliklarga sabab bo`lmoqda. Suv uylarning birinchi qavati hamda erto`lalarigacha kirib borgan. Shuningdek, tabiiy ofat qoramollarning ommaviy qirilib ketishiga ham sabab bo`lmoqda. Hududlardan odamlar evakuasiya qilingan. Favqulodda vaziyatlar xodimlari esa tinimsiz qutqaruv amaliyotini olib borishmoqda.






