AsosiyDunyo

Bryusseldagi aeroportlarda barcha reyslar bekor qilindi

'Bryusseldagi aeroportlarda barcha reyslar bekor qilindi 'ning rasmi

Belgiya poytaxti Bryusselda davom etayotgan yirik namoyishlar tufayli xalqaro aeroportlarda barcha reyslar bekor qilindi, deya xabar berdi Trend nashri.

Buning oqibatida esa 60 mingdan ziyod yo`lovchilar o`z vaqtida manzillariga etib borisholmayapti. Mamlakatning bir qator shaharlarida jamoat transportlari ham o`z faoliyatini to`xtatdi. Maktablar, pochta aloqalari va boshqa davlat muassasalari yopilgan. Ish tashlagan namoyishchilar hukumatdan nafaqa hamda ish xaqini oshirishni talab qilishmoqda.

    Boshqa yangiliklar