AsosiyJamiyat

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 1 oyda 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh keldi

'Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 1 oyda 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh keldi'ning rasmi

Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga o`tgan bir oy davomida 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh keldi. Ayni paytda sayyohlar safi kun sayin ortib bormoqda, deb yozadi O`zA.

Kuni kecha Samarqand davlat chet tillari institutining tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti arab tili yo`nalishi o`qituvchilari va talabalari markaz mehmoni bo`ldi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Shundan so`ng, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo`lib, bu erda amalga oshirilgan keng ko`lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Imom Buxoriyning markaz muzey fondidan joy olgan «Sahihi Buxoriy» kitobining qadimiy qo`lyozma nusxasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlarining nusxalari ularda katta qiziqish uyg`otdi.

Markaz konferensiya zalida «Jaholatga qarshi ma`rifat» g`oyasi ostida «Yuksak ma`naviyatli avlod hech qachon yo`ldan adashmaydi» mavzusida davra suhbati hamda markaz ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti o`tkazildi.

Markaz direktorining ilmiy-tadqiqotlar bo`yicha o`rinbosari Sh.Umarov so`zga chiqib, mazkur dargohning tashkil etilishi, faoliyati, vazifa va maqsadlari to`g`risida ma`lumot berdi. Buyuk allomalar merosini o`rganish, keng targ`ib etish, nufuzli xalqaro tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish borasida amalga oshirilgan ishlarga to`xtaldi.

    Boshqa yangiliklar