Dunyoda qandli diabetdan aziyat chekayotgan odamlar ko`p.Oyoq tovoni diabeti ushbu xastalikning bir turi sanaladi.
Buxoro muhandislik – texnologiya instituti doktoranti Madinabonu Muhammedova shu kasallikka chalingan bemorlar uchun maxsus poyabzal yaratdi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar berdi.
— U oyoqqa tushadigan bosimni pasaytiradi, tovondagi qon aylanishini yaxshilaydi, — deydi qandli diabet bilan og`rigan bemorlar uchun rasional poyabzal konstruksiyasi va texnologiyasini yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan M. Muhammedova. — Biz bir guruh bemorlarga shu poyabzalni taqdim etgan holda tajriba – sinov ishlarini olib bordik.Ular oyog`idagi jiddiy yallig`lanishlar atigi bir oyda barham topdi.
Buxoroda bo`lib o`tgan “Qish –2019” ko`rgazmasida bo`lg`usi olimaning izlanishlari ko`pchilikning e`tiborini tortdi.






