AsosiyJamiyat

Samarqandda qurilish kompaniyalaridan birining rahbari Umar Rajabov va uning o`g`li hibsga olindi

'Samarqandda qurilish kompaniyalaridan birining rahbari Umar Rajabov va uning o`g`li hibsga olindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, internet saytlarida Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan qurilish kompaniyalaridan birining rahbari Umar Rajabov, uning o`g`li Ruslan Rajabov va boshqalar hibsga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O`zA O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga murojaat qildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MChJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Aniqlanishicha, O.R. “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MChJni ta`sis etib, norasmiy ravishda boshqarib kelib, F.F., Sh.A., R.R. va boshqalar bilan jinoiy til biriktirib, jamiyatga Samarqand shahrining tegishli qismlarida ko`p qavatli uy-joy qurish uchun ruxsat berilmagan bo`lsa-da, fuqarolar N.K., Ch.A., R.A. ko`rsatilgan manzilga ko`p qavatli uy-joy qurishini aytib, ularni aldab, firibgarlik yo`li bilan 900 million so`mdan ortiq naqd pul mablag`ini ko`lga kiritgan.

2019 yil 11 fevral kuni O.Radjabov, R.Radjabov, F.Fayziev va Sh.Ablakulovlar JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

2019 yil 13 fevralda O.R., R.R., F.F. va Sh.A.larga JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandida, 189-moddasida, 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlarida va 228-moddasi 3-qismi bilan ayb e`lon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar