Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi Fayzobod ko`chasida joylashgan Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish bo`limida elektron navbat joriy etildi.
Mazkur tumandagi imtihon olish bo`limi poytaxtimizning Shayxontohur, Yashnobod va Bektemir tumanlariga ham xizmat ko`rsatadi. Shu sababli navbat kutishda elektron tizimga o`tilgani adolatli echim bo`ldi. Yangi loyiha haydovchilarning vaqtini tejab, sifatli xizmat ko`rsatish imkonini bermoqda.
“Hozirda ish bilan kelgan haydovchilar uzoq navbatlarda turib qolayotgani yo`q. Ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi”, - deydi xizmat yuzasidan kelgan haydovchi.






