AsosiyJamiyat

Moliya instituti oldidagi ​piyodalar yo`lagida yoritgichlar o`rnatildi

'Moliya instituti oldidagi ​piyodalar yo`lagida yoritgichlar o`rnatildi'ning rasmi

Amir Temur ko`chasining Moliya instituti oldidagi piyodalar o`tish joyi yangi ko`rinishga ega bo`ldi.

Ushbu piyodalar o`tish joyiga yangi konstruksiya Toshkent shahar transport va yo`l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi taklifi asosida o`rnatildi. Unga miltillovchi sariq ishorali svetofor, tunda aniq ko`rinishi uchun yorug`lik diodli yo`l belgilari o`rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Shuningdek, piyodalar o`tish joyining yoritilishini kuchaytirish uchun qo`shimcha chiroqlar joylashtirildi.

Ma`lumot uchun, bunday konstruksiya respublikamizda hususan, Toshkent shahrida ilk bor tatbiq etilmoqda. Mazkur qulaylik hududda harakat xavfsizligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.


    Boshqa yangiliklar