AsosiyJamiyat

Samarqanddagi teatr jamoalariga avtobus sovg`a qilindi

'Samarqanddagi teatr jamoalariga avtobus sovg`a qilindi'ning rasmi

Samarqand viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan teatr jamoalariga "Isuzu" avtobuslari sovg`a qilindi. Bu haqda Zarnews.uz nashri xabar berdi.

Samarqand viloyat musiqali drama teatri qarshisida tashkil etilgan tantanali tadbirda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari mamlakatimizda teatr san`atini ravnaq toptirish borasidagi ezgu sa`y-harakatlar aholi, ayniqsa yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil va sog`lom tafakkur sohibi bo`lib kamolga etkazishda muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidladilar.

Shundan so`ng viloyatdagi mavjud to`rtta teatr jamoasi rahbarlariga avtobus kalitlari topshirildi.

Tadbir davomida, shuningdek, Samarqand viloyat musiqali drama teatri faoliyati bilan tanishib, bu erda qilinishi lozim bo`lgan ishlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga zarur topshiriqlar berildi.

– Jamoamiz bilan gastrol safarlarida ko`p bo`lamiz, – deydi Kattaqo`rg`on shahar drama teatri direktori Otabek Mardonov. – Bunda yangi avtobusning xizmati alohida. 2002 yilda berilgan avtobusimiz bor, ammo ta`mirtalab. Oqibatda ancha qiyinchilikka duch kelardik. Endi nafaqat qo`shni tumanlar, balki qo`shni viloyatlarga ham bemalol gastrol safarlari uyushtirib, ko`chma spektallar namoyish etish imkoniyatimiz kengaydi.

    Boshqa yangiliklar