AsosiyJamiyat

Bekoboddagi xonadonda qiymati 605 million so`mdan ortiq tamaki mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi

'Bekoboddagi xonadonda qiymati 605 million so`mdan ortiq tamaki mahsulotlari saqlanayotgani aniqlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi tamaki mahsulotlari fosh qilindi.

Viloyatning Bekobod tumanida joylashgan fuqaro A.J.ga tegishli xonadon xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, xonadonning maxsus tayyorlangan erto`lasida qiymati 605 mln. 440 ming so`mlik, 13760 quti “Business Royals” nomli tamaki maxsulotlari noqonuniy saqlanayotganligi fosh qilindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar