AsosiySiyosat

"Yuksalish" umummilliy harakati raisining maqomi vazirga tenglashtirildi

'"Yuksalish" umummilliy harakati raisining maqomi vazirga tenglashtirildi'ning rasmi

"Yuksalish" umummilliy harakati nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo`linmalari faoiliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Qarorga muvofiq, davlat boshqaruv organlari, hokimliklar o`z faoliyatini «Yuksalish» harakatining mustaqilligi va uning faoliyatiga aralashmaslik tamoyillariga qat`iy rioya qilgan holda hamkorlikda amalga oshiradi.

"Yuksalish" harakati raisi maqomi, tibbiy va transport ta`minoti shart-sharoitlariga ko`ra vazirga tenglashtiriladi.

"Yuksalish" harakatining hududiy bo`linmalarini zarur texnika bilan ta`minlash mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, "Yuksalish" umummilliy harakatining raisi etib Akmal Burxanov saylangan edi.

    Boshqa yangiliklar