AsosiyJamiyat

"Jomboy-Eshimoqsoq" yo`lidagi dahshatli YTHda ikki kishi halok bo`ldi

'"Jomboy-Eshimoqsoq" yo`lidagi dahshatli YTHda ikki kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 11 fevral kuni soat taxminan 06:00da, fuqaro M.M. o`z boshqaruvidagi «Nekciya» rusumli avtomashinani «Jomboy-Eshimoqsoq» 4P-48 yo`lining 11 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.D. boshqaruvidagi «Volvo» rusumli ekskavatorga urilib, to`qnashuv sodir etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko`ra, natijada «Neksiya» rusumli avtomashina haydovchisi M.M. va yo`lovchisi M.H. jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o`limiga sabab bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar