AsosiyJamiyat

Bojxonachilar “tilla” taqinchoqlarni noqonuniy olib chiqilishiga yo`l qo`yishmadi

'Bojxonachilar “tilla” taqinchoqlarni noqonuniy olib chiqilishiga yo`l qo`yishmadi  'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish holatlarining oldini olish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tezkor tadbir davomida poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi xususiy korxona ko`zdan kechirilganda, omborxonadagi 6561 kilogramm alyuminiyni tashkilot rahbari I.F. tomonidan belgilangan tartibda tovar xomashyo birjasidan olmasdan, aksincha, aholidan 1 litrlik obdasta hamda 5,8,22 va 40 litrlik qozonlarni sotib olib to`plab qo`yganligi aniqlandi. Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati salkam 22 million so`mni tashkil etdi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda

    Boshqa yangiliklar