AsosiyDunyo

Italiyalik fermerlar mahsulotlarining past narxlarda baholanayotganidan norozi

'Italiyalik fermerlar mahsulotlarining past narxlarda baholanayotganidan norozi 'ning rasmi

Italiyaning Sardiniya orolida fermerlar o`z mahsulotlarini past narxlarda baholanayotganiga norozilik bildirishmoqda, deb xabar qilmoqda Koreespondent.ru nashri.

Orol bo`ylab yuzlab dehqon va fermer xo`jaligi xodimlari holatga nisbatan qarshiliklarini turli ko`rinishda namoyish etishmoqda. Masalan, fermerlar ko`prik ustiga chiqib, o`nlab litr sut mahsulotini shunchaki to`kib yuborishdi. Ular narx-navo mehnatlariga yarasha emasligini ta`kidlashmoqda. Italiya Bosh vaziri Juzepp Konte Facebookdagi sahifasida fermerlarning talablarini e`tiborsiz qoldirmasligi haqida yozib qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar