AsosiyDunyo

Janubiy Afrikada quvurga tashlangan chaqaloq qutqarildi

'Janubiy Afrikada quvurga tashlangan chaqaloq qutqarildi 'ning rasmi

Janubiy Afrikaning Durban shahrida yangi tug`ilgan chaqaloq quvurdan qutqarib olindi, deb xabar berdi RenTV.ru nashri.

Gap shundaki, mahalliy aholi suv quvuridan go`dak yig`isi kelayotganini eshitgach, favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar qilgan. Xududga etib kelgan qutqaruvchilar ovoz erosti quvuridan kelayotganini aniqlashgach, tezkor amaliyotni boshlashdi. Bolani qutqarish uchun esa 3 soatdan ortiq vaqt sarflandi. Yuqoriga olib chiqilgan go`dak darhol shifoxonaga etkazilgan. Hozirda go`dakning salomatligiga hech qanday xavf yo`q. Polisiya ushbu voqeani qotillikka urinish sifatida baholadi hamda mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochdi.

    Boshqa yangiliklar