Bugun erta tongda Lyubinko Drulovich boshchiligidagi terma jamoamiz a`zolari yig`inni davom ettirish uchun Ispaniyaga yo`l olishdi. Bu haqda MOQ xayuar berdi.
San-Pedro-del-Pinatar shahridagi yig`in davomida terma jamoamiz 3 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 16 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Avstriyaning «VSG Vattens» klubiga qarshi o`yin o`tkazishadi. 19 fevralda esa «Real Mursiya A» jamoasi bilan kuch sinashishadi. 21 fevralda esa «Lokomotiv» Tbilisi jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazish rejalashtirilgan.
16 fevral
O`zbekiston OTJ – «VSG Vattens»
19 fevral
O`zbekiston OTJ – «Real Mursiya A»
21 fevral
O`zbekiston OTJ – «Lokomotiv» Tbilisi






