AsosiyJamiyat

Aksiz markasiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo`yildi

'Aksiz markasiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Respublika Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida o`tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida jami 254 mln. 300 ming so`mlik aksiz markasi mavjud bo`lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo`yilganligi aniqlanib, qonuniy chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Poytaxtimizning Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko`chasidagi bekatda joylashgan savdo do`konida o`tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 11 turdagi 2 mln. 99 ming so`mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi.

Xuddi shuningdek, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog`och ko`chasi,
132 A uyda joylashgan savdo do`konida xorijda ishlab chiqarilgan 97 turdagi, umumiy qiymati 124 mln. 624 ming so`mlik aksiz markasiz alkogol va 19 turdagi 5 mln. 526 ming so`mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qo`yilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar