Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo`limi tomonidan aliment undirish bilan bog`liq ijro ishlari bo`yicha 2019 yil yanvar oyining o`tgan vaqti davomida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, MIB Nurafshon shahar bo`limi tomonidan aliment undirish yuzasidan joriy yilning yanvar oyidan 11 fevralga qadar jami 22 oila yarashtirildi.
Shuningdek, 87 ta ijro ishi bo`yicha qarzdorlardan aliment undiruvchilar foydasiga 62 million so`mdan ortiq aliment pullari undirib berildi.
Xususan, MIB Nurafshon shahar bo`limi ish yurituvidagi, fuqarolik ishlari O`rta Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan, undiruvchi O`.G.Ataxadjaeva foydasiga voyaga etmagan Zarnigor ismli bir nafar farzandini moddiy ta`minoti uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan barcha daromadlarining ¼ qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha taraflarga olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 2 yildan buyon birga yashamayotgan oila yarashtirildi.
Fuqarolik ishlari bo`yicha O`rta Chirchiq tumanlararo sudining 2014 yil 26 fevraldagi sud buyrug`iga asosan, fuqaro D.J.Yunusovdan undiruvchi Z.A.Xudoynazarova foydasiga voyaga etmagan uch nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan barcha daromadlarining ½qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha taraflarga olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 5 yildan buyon birga yashamayotgan oilani yarashtirishga erishildi.

Shuningdek, sud qarorlariga ko`ra, farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment undirilishi belgilangan ijro hujjatlari bo`yicha olib borilgan ijro harakatlari davomida ko`plab oilalar MIB bo`limi aralashuvi bilan yarashtirilganligi sababli ijro ishlari yakunlangan.
Maqsad yagona – insonlar o`z baxti va saodatini topgan oilalar mustahkamligini ta`minlash va farzandlari kelajagi uchun sog`lom poydevor yaratishdir.






