Chili va Peruning bir qator hududlarida tinimsiz yog`ingarchilik tufayli muammolar yuzaga kelmoqda, deb xabar qildi Koreespondent.ru nashri.
Yog`ingarchilik tufayli har ikkala mamlakatda ham turar joy binolarini suv bosgan. Elektr tarmog`ida uzilishlar kuzatilmoqda. Chilida ro`y berayotgan er ko`chkilari esa joylardagi tartibsizliklarga olib kelmoqda.
Chili hukumati hozirga qadar tabiiy ofatdan ko`rilgan moliyaviy zarar miqdori 90 million AQSh dollariga teng bo`lganligini xabar qilmoqda.






