Germaniya poytaxtida bo`lib o`tayotgan Berlin xalqaro festivali yorqin namoyishlarga boy tarzda o`tmoqda, deb xabar bermoqda Trend nashri.
Festival doirasida dunyoning eng mashhur rejissyorlari o`z filmlari taqdimotini o`tkazishmoqda. Ular orasida polshalik kinorejissyor Agneshki Xollandning “Mister Jons” filmi ko`pchilik muxlislar va hakamlar hay`atining e`tirofiga sazovor bo`lmoqda. Berlin xalqaro kinofestivalida har bir yirik premeradan so`ng muntazam ravishda matbuot anjumanlari tashkil etilmoqda.






