AsosiyJamiyat

"Toshkent - Bishkek" xalqaro avtobus reysi qayta yo`lga qo`yildi

'"Toshkent - Bishkek" xalqaro avtobus reysi qayta yo`lga qo`yildi'ning rasmi

“Toshkent – Bishkek - Toshkent” xalqaro avtobus reysi faoliyati yangi jadval bo`yicha qayta yo`lga qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligi ma`lum qildi.

Tasdiqlangan jadval bo`yicha avtobuslar Bishkek avtovokzalidan 9:00, 16:50 va 23:30 da jo`nasa, Toshkentdan ilgaridagidek, ya`ni 9:00, 18:00 va 22:00da yo`lga chiqadi.

Eslatib o`tamiz, yanvar oyidan Qozog`iston Qirg`iziston va O`zbekiston vakolatli organlari bilan kelishmagan holatda “Toshkent – Bishkek – Toshkent” yo`nalishidagi avtobuslarning tranzit yo`lini vaqtinchalik to`xtatib qo`ygan edi. Qozog`iston tomoni bu holni harakatning yangi jadvalini tasdiqlash jarayonlari bilan izohlagan edi.

Eslatib o`tamiz, “Toshkent – Bishkek - Toshkent” yo`nalishi Qozog`iston hududi orqali ham o`tadi.

    Boshqa yangiliklar