"Toshshahartransxizmat" AJga qarashli avtosaroylarga yangi avtobuslar keltirish davom etmoqda, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.
Bu harakat tarkibini bosqichma bosqich yangilab borishga yordam beradi.
Xususan, 4 avtobus saroyi tasarrufidagi 84-“Erkin qo`rg`oni – “Obod turmush” mahallasi” yo`nalishiga 10 ta o`rta sig`imli SAZ LE 60 avtobuslari biriktirildi. Bundan tashqari 7 avtobus saroyi tasarrufidagi 9t–“Chilonzor, 25 daha – Toshkent vokzali” yo`nalishiga ham huddi shu rusumdagi 3 ta avtobus qo`yildi.
Yangi avtobuslar 12 fevraldan yo`nalishlarda faoliyatni boshlagan.






