AsosiyJamiyat

Inha universitetida "Ochiq eshiklar kuni" o`tkaziladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari hamda ularning ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni"ni o`tkazadi.

"Ochiq eshiklar kuni" joriy yilning 16 fevralida, Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida (Ziyolilar ko`chasi, 9) soat 10:00da boshlanadi.

"Ochiq eshiklar kuni" davomida tashrif buyuruvchilar universitet hamda u erda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar