Musiqa sanoatidagi eng nufuzli mukofot bo`lmish Gremmi yakshanba kuni Los-Anjelesda o`z egalariga topshiriladi, deb xabar qildi TASS nashri.
61-taqdirlash marosimida 84 yo`nalishda mukofotlar topshirilib, ularning eng nufuzlilari – “Yil albomi”, “Yil qo`shig`i” va “Eng yaxshi ijrochi” hisoblanadi.
Mukofotlarga 2017 yilning 1 oktyabridan 2018 yilning 30 sentyabrigacha bo`lgan davrda yangragan qo`shiqlar nomzodlik qilishi mumkin.
Marosimni 37 yoshli qo`shiqchi va kompozitor Alisha Kiz olib boradi.






