Avstraliyaning Janubiy Uels shtatida kuchli qum bo`roni kuzatildi, deya xabar qilmoqda TASS nashri.
Bo`ron o`zi bilan tuproq olib kelgan. Natijada esa atrof quyuq changga to`ldi. Voqea oqibatida jarohat olganlar hamda qurbonlar to`g`risida xabarlar yo`q. Hukumat mamlakatning janubi-g`arbiy qismidagi aholidan ko`chaga chiqmaslikni va iloji boricha uyda qolishni so`ramoqda.






