Xabaringiz bor 2019 yil 2 fevral kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yashovchi F.Yu. IIBga murojaat qilib, shu yil 1 fevral kuni soat 11:30larda birga yashovchi rafiqasi S.Yu., dugonasi M.M. bilan birga shu uydan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolganliklarini ma`lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
"Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan samarali qidiruv ishlari va fuqarolarimizning faol ishtiroklari tufayli S.Yu. va M.M.lar Buxoro shahar hududidan sog`-salomat topildi.
O`z o`rnida boshqalar taqdiriga befarq bo`lmagan fuqarolarimizga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deyilgan IIV xabarida.






