AsosiyJamiyat

Yaponiyada palov tayyorlash bo`yicha mahorat darsi o`tkazildi

'Yaponiyada palov tayyorlash bo`yicha mahorat darsi o`tkazildi'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Mahbuba Kamolova bilan hamkorlikda targ`ibot tadbirini o`tkazdi. Unda O`zbekistonning gastronomik turizm salohiyati namoyish etildi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir qatnashchilariga o`zbek milliy taomlari, urf-odatlari va xalqimizning mehmondo`stligi haqida batafsil ma`lumotlar berildi. Videoroliklar namoyishi esa yig`ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

— Targ`ibot tadbiri yaponiyaliklarning ona Vatanimizga bo`lgan qiziqishini oshirdi, — deydi Mahbuba Kamolova. — Yurtimizda tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishib hammasi bir ovozdan O`zbekistonga borish istagini bildirishdi.

Milliy taomlarimizni tayyorlash jarayoni bo`yicha tashkil etilgan mahorat darsi ham ko`pchilikda qiziqish uyg`otdi.

    Boshqa yangiliklar