AsosiyJamiyat

Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida turk tili va madaniyati markazi ochildi

'Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida turk tili va madaniyati markazi ochildi'ning rasmi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetida Turkiyaning O`zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Turk tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Marosimda Turkiyaning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er janoblari hamda O`zbekiston va Turkiyaning eng mashhur universitetlari olimlari ishtirok etishdi.

Ushbu markazda endilikda turk tilini o`rganuvchilar uchun maxsus to`garaklar, turli adabiy-badiiy kechalar o`tkaziladi. Qolaversa, Turkiya ilm muassasalari bilan hamkorlikda loyihalar ham mazkur markazda muvofiqlashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar