AsosiyJamiyat

Hafta o`rtasida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Hafta o`rtasida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

Hafta o`rtasida O`zbekiston bo`ylab havo haroratining bir oz tushishi va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.

12 fevral kuni O`zbekistonning katta qismida yog`ingarchiliklar kutilmaydi, faqatgina janubiy qismlariga nam havo oqimlari kirib keladi va ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi O`zgidrometga tayangan holda xabar qildi.

Shu kuni havo harorati kechasi +5…+7, kunduzi +14…+17 darajagacha iliq bo`lishi kutilmoqda.

13−14 fevral kunlari O`zbekiston bo`ylab iliq havo massalari ortidan Volgabo`yi mintaqasidan sovuq havo oqimlari kirib keladi — respublika bo`ylab yomg`ir, shimolda — yomg`ir, qor yog`ishi mumkin. Payshanba kuni havo harorati +5…+10 daraja bo`ladi.

Juma kuni respublikaning katta qismida yog`ingarchiliklar to`xtaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysida ayrim joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin, qorga aylanish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi −2…+3, kunduzi — +7…+12 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.

16 fevral kuni yog`ingarchiliklar bo`lmaydi, havo harorati kunduzi +10…+15 darajagacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar