AsosiyJamiyat

Shu yili MGIMOning Toshkent filiali o`z faoliyatini boshlaydi

'Shu yili MGIMOning Toshkent filiali o`z faoliyatini boshlaydi'ning rasmi

Yaqinda Tashqi ishlar vazirligida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitovning mamlakatimizga Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) delegasiyasiga boshchilik qilib kelgan mazkur oliy ta`lim muassasasining prorektori Artyom Malgin bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda bahorda Toshkent shahrida MGIMO bitiruvchilarining V Xalqaro forumini o`tkazish va institut filialini ochish bilan bog`liq amaliy jihatlar muhokama qilindi.

“Birgalikda kelajak sari” nomli MGIMO bitiruvchilarining Birinchi Umumjahon forumi 2013 yilda Boku shahrida o`tkazilib, unda mazkur ta`lim muassasasining 25 davlatdan kelgan 400 ga yaqin bitiruvchilari ishtirok etgan. Umuman MGIMO Bitiruvchilari assosiasiyasi aloqa bazasi 50 mingta ismdan tashkil topgan.

Toshkent shahrida MGIMO filiali faoliyatini yo`lga qo`yish bo`yicha avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi, jumladan, binoni ta`mirlash va o`quv anjomlari bilan ta`minlash bilan bog`liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

MGIMOning Toshkent filiali joriy yilning sentyabr oyidan bakalavriat va magistratura yo`nalishlari bo`yicha to`laqonli faoliyat ko`rsata boshlashi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar